Biz ta'lim berishda eng sifatli manbalar, jiddiy akademik muhit hamda talabalar uchun har tomonlama qulay sharoitlarni kafolatlaymiz.
4 yillik o'quv dastur yakunida talabalar xalqaro darajadagi bakalavr darajasiga ega bo'ladilar. Bu diplom nufuzli islomiy universitetlarda magistratura bosqichida o'qishni davom ettirish huquqini beradi.
Dasturlarimiz Ahli Sunna val Jamo'a aqidasi va fiqhiy mazhablar asosida tuzilgan bo'lib, unga Qur'on ilmlari, tafsir, hadis, tazkiya va islom tarixi bilan birga chuqurlashtirilgan arab tili darslari ham kiritilgan.
Biz faqat yuzma-yuz (offline) ta'lim beramiz. Ustozlar va talabalar o'rtasidagi doimiy muloqot hamda o'zaro tajriba almashish eng yuqori natijalarni ta'minlaydi.
Akademiyamizda siz o'zingizning maqsadingizga eng mos keladigan dasturni tanlashingiz mumkin.
4 yillik offline bakalavr bosqichi
Qulay bo'lib to'lash shartlari mavjud
2 yillik mukammal yod olish yo'nalishi
Qulay bo'lib to'lash shartlari mavjud
3 oylik amaliy tajvid va qiroat kursi
Noldan o'rganuvchilar uchun mos mo'ljallangan.
Muslimaat Misr Markazi ta'lim sifati, shinam yotoqxona va har bir talabaning qulayligi uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
Ro'yxatdan o'tish va o'quv dasturidan joy band qilish uchun ariza topshiring. Arizangiz qabul qilingach, mas'ul xodimlarimiz 24 soat ichida siz bilan bog'lanishadi.
Kiritilgan ma'lumotlaringiz shaxsiy daxlsizlik qonunlariga ko'ra himoyalangan.
Administratorlarimiz arizangizni ko'rib chiqib, 24 soat ichida siz bilan bog'lanishadi.
Telefon raqamingizda Telegram ulangan bo'lsa, tez va oson bog'lanish imkoni bo'ladi.
Markazimiz erishgan asosiy ko'rsatkichlar va ta'lim sohasidagi nufuzli yutuqlar bilan tanishing.
Markazimizda shu kunga qadar 200 nafardan ortiq talabalar kelib tahsil olib, bilim va ijozaga ega bo'lishgan.
40 nafardan ortiq o'quvchilar 3 oylik intensiv islomiy va til dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlashgan.
15–20 nafar qoriyalar yetishib chiqqan bo'lib, 25 nafarga yaqin Qur'on tolibalari tahfiz yo'nalishida tahsil olishmoqda.
Markazimiz nufuzli ustozlar bilan Misrda uzluksiz va sifatli akademik ta'lim berib kelmoqda.
Markazimizda tahsil olgan hamda hozirda o'qiyotgan talabalarimizning samimiy va xolis fikrlari.
“Markazdagi jonli ta'lim muhiti va ustozlarning bevosita yordami Qur'on yodlashimda juda katta yordam berdi. Farzandim uchun dars vaqtidagi bog'cha xizmati esa men uchun haqiqiy qulaylik bo'ldi.”
“Darslar faqat offline shaklda o'tilishi islomiy fanlarni chuqur va mustahkam o'rganishimga sabab bo'ldi. Qohiradagi shinam bino va ilmiy muhit kishiga o'zgacha ilhom bag'ishlaydi.”
“Ustozlarning mehr bilan bilim berishi, darsdan tashqari ma'naviy suhbatlar va shinam yotoqxona sharoitlari chet elda o'qish qiyinchiliklarini umuman his qildirmadi.”
Ta'lim jarayoni, yashash sharoitlari va to'lovlar bo'yicha eng ko'p so'raladigan savollarga rasmiy javoblar.
Menejerlarimiz 24/7 rejimida savollaringizga javob berishadi.